Taekvondo WT. Terma jamoamiz jahon chempionatlaridagi rekordini takrorladi

  • 4 iyun, 2023, 20:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionati yakuniga etmoqda. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi dunyo birinchiliklarida qo‘lga kiritilgan medallar soni bo‘yicha rekordini takrorladi. Musobaqada hamyurtlarimiz 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamg‘arishdi.

Tecno

Ayollar o‘rtasida +73 kg vazn toifasida ketma-ket 2 bor jahon chempionatining finaliga etib borgan Svetlana Osipova bu gal kumush medal bilan cheklandi. Shuningdek, Feruza Sodiqova -62 kg vazn toifasida qatorasiga ikkinchi bor bronza medali bilan taqdirlandi.

Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Ulug‘bek Rashitov ilk bor jahon chempionatida shohsupaga ko‘tarildi. Rashitov -68 kg vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Qolaversa, kattalar o‘rtasidagi dunyo birinchiligida debyut qilgan Omonjon Otajonov -54 kg vazn toifasida shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

Kumush medal:
+73 kg: Svetlana Osipova

Bronza medal:
-62 kg: Feruza Sodiqova
-54 kg: Omonjon Otajonov
-68 kg: Ulug‘bek Rashitov

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!