Taekvondochilarimiz Fujayra shahridagi turnirda 14ta medalni qo‘lga kiritdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida taekvondo (WT) bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Mazkur musobaqada Sobir Nazaraliev shogirdlari sakkizta oltin va ikkitadan kumush hamda bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Musobaqada Amirbek To‘raev, Ulug‘bek Rashidov, Bekzod Ibragimov, Shahzod Sayfiev, Intizor Abdualimova, Madina Mannopova, Ozodaxon Sobirjonova, Feruza Sodiqova o‘z vazn toifalarida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Shuningdek, finalga qadar o‘tkazilgan janglarda zafar quchgan Jasur Jaysunov va Durdona Abdulxaeva terma jamoamizga kumush medalni keltirgan bo‘lsa, Danil Morozov hamda Abdulaziz Mahmudov bronza medalga sazovor bo‘ldi. 

Musobaqning kattalar o‘rtasidagi bellashuvlarda vazni 58 kilogrammgacha bo‘lgan hamyurtimiz Suhrob Bobobekov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Kichik qizlar o‘rtasida umidli taekvondochimiz E’zoza Shorustamova birinchi o‘rinni egalladi.
 
Manba: UzA.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!