
Taekvondochilarimiz Jahon chempionatida tarixiy natija qayd etdi
Bolgariyaning Sofiya shahrida taekvondo WT bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi Jahon chempionati davom etmoqda.
Mundialning ikkinchi kunida vakillarimiz yana uchta medalga ega chiqishdi. Laylo Hasanova barcha raqibalarini taslim etdi va Jahon chempioniga aylandi! O‘zbekiston kadetlar terma jamoasi ikki kun ichida 8 ta medal qo‘lga kiritdi va o‘zining eng yaxshi natijasini qayd etdi.
Ikkinchi kunda sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik taekvondochilar:
Oltin - Laylo Hasanova
Kumush - Dilmurod Ma’rufjonov
Bronza - Sofiya Xan
Kadetlar o‘rtasidagi JCh 31 iyulgacha davom etadi.
O‘zbekiston taekvondo federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar