Tallinda sport kurashlari bo‘yicha JCh start oldi
Estoniyaning Tallin shahrida sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati start oldi. Chempionat erkin kurashchilar bellashuvi bilan boshlandi. Birinchi kun yakunlariga ko‘ra, 2 nafar kurashchimiz Sardor Ro‘zimov (-57 kg) va Maqsud Veysalov (-97 kg ) musobaqaning bronza medali uchun kurashish imkoniyatiga ega, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Ro‘zimov o‘tish bosqichida ozarbayjonlik kurashchi bilan hisob-kitob qilishi kerak. Veysalov esa yarim finalda kubalik Yonger Pomalesga 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri bronza medali uchun kurashadi. Uning bu boradagi raqibi kechki dasturda aniq bo‘ladi.
Bugun saralashda quyidagi vakillarimiz bahslarni boshlaydi:
-61 kg: Firuz Yoqubov – Tugsjargal Erdenebet (Mo‘g‘iliston)
-86 kg: Muhammadrasul Rahimov – Miriani Maisuradze (Gruziya)
-92 kg: Ajiniyaz Saparniyazov – Giorgi Chanseniali (Gruziya)
Fikrlar