“Tambov” Jaloliddinovga imkoniyat berishga tayyor!

  • 15 yanvar, 2021, 13:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jasur Jaloliddinovning manfaatlarini himoya qilayotgan Yuriy Belous o‘zbekistonlik legioner “Tambov” klubida qolmasligini va unga xorijdan takliflar bo‘layotgani haqida xabar bergan edi.

Tecno

Endi tambovliklar bosh murabbiyi Sergey Pervushin hamyurtimizning jamoada joyini topishi uchun unga imkoniyat taqdim etishini bildirdi.

- Jaloliddinov mavsum qizg‘in pallaga kirgan paytda, jiddiy o‘yinlarga tayyor bo‘lmagan holda keldi. U “Lokomotiv”da o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan edi.  Jasur sport formasini tiklab olganida biz o‘ta muhim uchrashuvlarni o‘tkazayotgandik. Bu jarayonda asosiy e’tiborni tajribali futbolchilarga qaratgandik, va har bir to‘qnashuv biz uchun oxirgi o‘yinday bo‘ldi.

Shuning uchun yosh futbolchini darrov “olov ichiga” tashlashga jazm qilmadik. U juda iqtidorli yigit, to‘p bilan yaxshi ishlaydi va u yanada o‘sishiga ishonch bor. Jasur taqdir sinovlariga duch kelgan bola bo‘lgani uchun ham unga chin dildan yordam berishni xohlaymiz. Biz unga imkoniyat berishga tayyormiz, - dedi Sershey Pervushin.

Jaloliddinov “Tambov”da qolmasligi aniq, unga xorijdan taklif bor!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!