Taniqli bokschi Krishtianu Ronalduga taklif bilan chiqdi

  • 12.04.2025 20:48
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Meksikalik boks yulduzi Saul "Kanelo" Alvares portugaliyalik mashhur futbolchi Krishtianu Ronaldu va uning o‘g‘lini o‘z jangiga taklif qildi. 

"Ronaldu Skullga qarshi jangimga keladi. Biz bu haqda allaqachon kelishib olganmiz. Uning o‘g‘li mening muxlisim" - deya Saulning so‘zlarini keltirdi "Latinus".

Eslatib o‘tamiz, Alvares IBF chempioni, kubalik Uilyam Skullga qarshi 3 may kuni Ar-Riyodda (Saudiya Arabistoni) ringga ko‘tariladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!