Taniqli mutaxassis Shomurodovni o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda

  • 29.07.2022 14:05
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, so‘nggi paytlarda legionerimiz Eldor Shomurodovning "Roma"ni tark etishi haqida xabarlar chiqmoqda. 

U "bo‘rilar" bilan Isroildagi yig‘inga bormadi va katta ehtimol bilan yaqin vaqtlar ichida jamoasini o‘zgartiradi. Biroz avval unga "Torino" klubidan qiziqish bo‘layotgani haqida xabar bergandik. 

Ma’lum bo‘lishicha, Turin klubi mazkur transferga jiddiy kirishgan. Shaxsan xorvatiyalik murabbiy Ivan Yurichning o‘zi Eldorni o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda. 

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda 27 yoshli forvardimizning transfer narxi 8 million evroni tashkil qiladi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!