Asosiy mazmunga oʻtish

Tarixda ilk bor kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Olimpiada litsenziyasini qo‘lga kiritdi!

Baxtiyorjon Toshtemirov
Izohlar: 0

Bunaqasi avval bo‘lmagan.

Bangkokdan xushxabar. Kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Tailandda o‘tayotgan Parij-2024 litsenzion turnirida Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ayollar o‘rtasida yakkalik dasturida bahs olib borgan Ziyodaxon Abdusattorova finalgacha etib borib, Olimpiada ishtirokchisiga aylandi. Reglamentga ko‘ra, yakkalik yo‘nalishida o‘tayotgan ushbu turnirda finalchilar Parij-2024 yo‘llanmasiga ega bo‘lishadi.

Shu tariqa, kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor Olimpiada yo‘llanmasiga sazovor bo‘lmoqda.

Manba: MOQ

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q