Tayson Fyuri: "Yilnig eng katta jangiga oz fursat qoldi"
Sobiq jahon chempioni britaniyalik Tayson Fyuri ukrainalik Aleksandr Usik bilan bo‘lajak revansh haqida gapirdi .
“Yilning eng katta jangiga uch haftadan biroz ko‘proq vaqt qoldi. Bu boksdagi eng katta to‘qnashuv bo‘ladi. Men va Usik - ajoyib formadamiz. Mazkur qarama-qarshilikni sabrsizlik bilan kutyapman. 21 dekabrda kamarlar yana meniki bo‘ladi!” - deya britaniyalikning so‘zlaridan iqtibos keltirdi "Boxing Social" portali.
Eslatib o‘tamiz, Fyuri va Usik o‘rtasidagi ilk jang 18 may kuni Ar-Riyodda (Saudiya Arabistoni) bo‘lib o‘tgan va unda ukrainalik sportchi ochkolar evaziga g‘alaba qozongandi.
Fikrlar