Tayson va Emelyanenko jangi bo‘ladi

  • 21 may, 2020, 09:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Mayk Taysonning ringga qaytishga qaror qilgani va dunyo bo‘ylab turga chiqib, qator ko‘rgazmali janglarda qatnashishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.

Tecno

Rossiyalik promouter Vladimir Xryunov Taysonni Rossiyaga olib kelib, Emelyanenkoga qarshi ringga olib chiqmoqchi.

- Yaqinda Taysonning vakili Azim Spitser bilan gaplashib, Mayk jahon bo‘ylab turga chiqmoqchiligini va bir nechta ko‘rgazmali janglarda ishtirok etishni rejalashtirayotganini aniqladim. Unga Rossiyada ham ko‘rgazmali jang o‘tkazishni taklif qildim. Raqib sifatida Aleksandr Emelyanenko yoki Sergey Xaritonovdan birini tanlaydi, - dedi Xryunov.

Xryunovning aytishicha, Ular ishtirokidagi ko‘rgazmali janglar Moskva yoki Ekaterinburgdagi katta stadionda, olamshumul shou doirasida bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!