Teatr. San’at. Adolat-Roman Abramovich haqida katta maqola (Erkin G‘aybullaev blogi)

  • 6 mart, 2019, 17:25
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Katta teatrda etti nominatsiya bo‘yicha milliy teatr sovrini​ uchun ilgari surilgan “Nureev” baleti o‘ynalmoqda. Katta teatr repertuarida ehtimol Roman Abramovichning ishtiroki tufayli paydo bo‘ldi.

Tecno

2003-yil iyulida Abramovich “Chelsi” klubini sotib oldi. Bundan biroz vaqt muqaddam 2003-yil aprelida Abramovich va Aleksadr Mamut Manchester stadioni “Old Trafford”da Chempionlar Ligasi yarim finalini tomosha qilishdi. Unda “qizil iblislar” Madridning “Real”ini 4-3 hisobida mag‘lub etgandi. Aytishlariga ko‘ra, Abramovich o‘shanda birinchi bor futbol tomosha qilgan ekan. “Old Trafford” tribunasida Abramovichda katta futbol tuyg‘usi ochiladi.

2008-yil mayida Nyu-Yorkdagi Christieʼs auktsionida Roman Abramovich Lyusen Freyddan “uxlab yotgan ishchi”ni 33.6 mln dollarga sotib oladi. Bir necha kundan keyin esa Sothebyʼs da Frensis Bekondan “Triptix”ni 86.3 mln dollarga sotib oladi. Ikki jahon rekordi zamonaviy san’at bozorini “portlatib yubordi”. Ushbu bozorning Rossiyadagi imkoniyatlariga va rus kollektsionerlariga boshqacha nigoh tashlashga majbur qildi.

Zamonaviy sanat sohasida Abramovich ommaviy ravishda 2007-yil mayida Darya Jukova bilan Venetsiyada Biennal zamonaviy san’at pavilonida paydo bo‘ldi. Le Monde yozishicha, Abramo​vich pavilonga shunchaki tashrif buyurgani yo‘q. Ko‘rgazma kurator Olga Sviblova va rus milliarderining moliyaviy ko‘magi ostida tayyorlangan edi. Xar qanday holatda “u shunchaki keladi va eng zo‘rini oladi” deya ta’riflagandi 2009-yil qishida Sothebyʼs ning rus bo‘limi boshlig‘i Djo Vikkeri Abramovichning zamonaviy san’atga bo‘lgan uslubi haqida gapirarkan.

Baletda esa Abramovichni ilk marta 2012-13-yil qishida Katta teatrda Tarixiy saxnaning ochilishidan keyin uchratishgandi. 2013-yil fevralidayoq milliarder Katta teatrning vasiylik kengashiga kirdi va yulduz balerina Diana Vishnevaning homiysiga aylandi. 2013-yil oktyabrida Vishneva Abramovich ko‘magida o‘zining ilk festivali – Context ni ochdi. 2018-yil oktyabrida Ekaterinburgda Abramovich sha’feligida “Ural Opera Balet Fest” – sakkiz kunlik festivalb bo‘lib o‘tdi. O‘sha oyda Moskva va Sankt-Peterburgda Vishnevaning Context festivali oltinchi marta tashkillashtirildi. Dekabr oyida esa Abramovich Stanislavskiy va Nemirovich-Danchenko nomidagi Musiqa teatrining vasiylik kengashiga kirdi. O‘zining qahramonlari ortidan Abramovich mamlakat bo‘ylab tomosha zallarida balet ko‘rish va ma’muriy idoralarda bo‘lishga ulgurdi. Bunday qiziqish va sahiylik qaerdan paydo bo‘ldi?

Futbol. Halol raqobat.

Forbes Life ning milliarderga yaqin manbasiga ko‘ra “Abramovich cheklan​magan imkoniyatlari bilan hayotiy zerikishlarga qarshi chempion” deya ta’rifladi. Abramovich trendsetter emas. U birinchi bo‘lib ta’tib ko‘rishga shoshilmaydi. Ammo eng zo‘rini boshqalardan birinchi bo‘lib ajrata olish qobiliyatiga ega. Bunday odamlarning o‘zi kelishadi, ularga maslahatchilar kerak emas.

Futbol klubi sotib olishga qaror qilgan Abramovich buni tezda va sovuqqonlik bilan amalga oshirdi. Tanlov o‘sha vaqtda bankrotligi tufayli sotuvga qo‘yilgan “Chelsi”ga tushdi. Futbol biznesi qanday tuzilganligini tushunib olishi uchun unga vaqt kerak bo‘ldi. Birinchi yili Moskvaning ko‘plab sport jurnalistlari unga turli mavzularda tahliliy axborotlar yozib turishdi. Ammo tezda Roman Arkadevich eng yaxshi futbol menedjerlari darajasida futbolchilarni tahlil qilishni o‘rganib oldi. Chapaqay futbolchini o‘naqaydan ajrata boshladi. Eng muhimi u muxlisga aylandi, deydi Forbes Life eng yaqin manbasining xabariga tayanib.

“Abramovich – xarizmali va tavakkalchi inson” – deydi “PROsport” jurnali bosh muharriri Stanislav Gridasov u haqida hikoya qilarkan. “U bilan nashriyot biznesini muhokama qilarkanman, men har safar uning masalaning detallarigacha o‘rganishiga hayron qolaman. Unga qachondir asqotishi mumkin bo‘lmagan detallar ham qiziq. Shu bilan birga jurnalning 10 yillik faoliyatida u hech qachon jurnal raqami, yoki matn yozish yoki kimdir haqida yozish kerak deb aytmagan. Faqat bir marta 2009-yilda Chempionlar Ligasining yarim finalida hakam “Barselona”ga qarshi o‘yinda “Chelsi”ni “gumdon qilganidan” keyin Abramovich menga qo‘ng‘iroq qilib hakamni haqoratladi. Vazifa bajarilmadi. Ammo bu borada tegishli topshiriq berilmadi.”

2004-yilda Sunday Times ga ko‘ra, Abramovich bir necha yillik etakchi Vestminster gertsogini 7.5 mlrd funtlik puli bilan eng boy britaniyaliklar ro‘yxatida birinchi bo‘ldi.

Britaniyaliklar va frantsuz jurnalistlari tomonidan Sibirlik milliarder deb atalgan Abramovichning ko‘rkam hayotini detallariga ahamiyat berish boshlandi. Uning yaxtasi Sen-Tropega kelgani, plyajlarda hurliqolar bilan bo‘lgan uchrashuvlar, 300 mln evrolik villa, nemislar tomonidan qurilgan Eclipse deya ataluvchi 170 metrli yangi yaxtasi, barcha barchasi ochib tashlandi. Ammo jiddiyroq tarzda Abramovichning “Chelsi” VIP lojasidagi kursisi, omarlarni tanavvul qilishi, shampan vinosini suvday simirishi ko‘proq yoritildi. Tor doirada milliarder o‘zining jahlini hech yashirmadi. “Tushuninglar, men stadionda omar emayman, o‘yindan oldin asabiylashishim tufayli umuman ovqatlanmayman” – dedi.

Abramovich bilan bo‘lgan uchrashuvlarini eslarkan, Stanislav Gridasov mediabiznes borasidagi munozaralariga “Demak, uning atrofida halol raqobat yo‘q. Shu tufayli unga “Chelsi” futbol klubi nimaga kerakligini tushundim. Unga halol yutish muhim. Evropa va AQShdagi sport – hakamlarni, federatsiyalarni sotib olmasdan murabbiyning iqtidori, jamoaning kuchi va menedjerning uquvi yordamida yutish mumkin bo‘lgan halol raqobat muhiti bor.”

San’at. Kuchli emotsiyalar

Sof emotsiya va haqiqiy raqobatga tashnalik, sevimli ayoli Darya Jukovaning kuchli va yo‘naltirilgan qo‘li uni zamonaviy san’at maydoniga boshlab keldi. Auktsion zallari, dunyoning eng yirik yarmarkalaridan biri Art Basel va AQShlik taniqli kollektsioner Djon L. Styuartdan qilingan harid Roman Abramovichning didi ancha yaxshi ekanligini ko‘rsatadi.u shunchaki nomdor nomlar – Freyd, Bekon, Djakometti, Kabakovalarni tanlamaydi. “kelajakni yaratadigan rassomlar” – unchalik taniqli bo‘lmaganlarni ham yaxshigina qadrlaydi. Muzey darajasidagi bunday ishlar yuqori likvidlikli, omadli investitsiya hisoblanadi. San’at bozoridagi yirik o‘yinchi maqomi uni o‘zining shaxsiy instituti – “Garaj” nomli zamonaviy san’at muzeyini tashkil qilishga undadi. U zamonaviy yaxudiylar madaniyati Markazi joylashgan manzilda ro‘yxatdan o‘tkazildi. Keyinroq mashhur arxitektor Rem Kolxas tomonidan Gorkiy nomidagi madaniyat bog‘ida bunyod etilgan yangi “Garaj” haqiqatdan zamonaviy san’at va madaniyat markaziga aylandi. Shunga qaramay u erda biror marta Abramovich va Jukovalarning shaxsiy kollektsiyasidagi birorta buyum namoyish etilmadi.

Balet. Sof tuyg‘ular.

Abramovichning Katta teatrga sobiq teatr direktori Anatoliy Iksanov tashviqoti ortidan kelganligini eslamaslik adolatdan emas. U milliarderning tomoshalar zalida paydo bo‘lishi vasiylarni jalb qilish bo‘yicha olib borilgan bir necha yillik kampaniyaning natijasi ekanligini tilga oladi. Iksanov buni 2000-yilda direktor lavozimiga tayinlanganidan beri olib bordi. Abramovichni Katta teatrda 2012-13-yilda katta xursandchilik bilan qarshi olishdi.

Opera teatrlarining hayoti quyidagicha: balet ham, opera ham – chiqim talab qiluvchi san’at turi. Monarxlarning ko‘ngilxushlik markazlari sifatida bunyod etilgan opera teatrlari 17 asrdan beri o‘z ko‘rinishini o‘zgartirgani yo‘q. San’atkorlar sahnada, orkestr pastda, syuzeren sahnaga qarama-qarshi joylagan lojada. Qulaylik uchun sahna akustikani Lyudovik XIV o‘tirgan lojaga etib borishi kerak. Katta xor, solistlar, raqqosalar, orkestr, bahaybat binoni isitish va uni jihozlash, kostyum va dekoratsiyalar uchun xarajatlarni o‘z yonidan to‘lashni ko‘tara olmaydi. Aslida bu uchun o‘ylab topilmagan ham. Opera teatri – qudratli hukmdorning atributi hisoblanadi. Sovet davrida opera va baletning katta homiysi bo‘lib Stalinning o‘zi bo‘lgan. Postsovet Rossiyasida esa monarx rolini davlat va Vasiylik kengashi o‘ynamoqda. Ya’ni yakka hukmdorning o‘rniga bir necha puldorlar harajat qilishmoqda.

Vasiylik Kengashining Katta teatrni qo‘llab-quvvatlash fondiga o‘tkazadigan yillik badali tahminan 350 ming evro (24.5 mln rubl atrofida) ni tashkil qiladi. Garchi metsenatlarning ulushi an’anaviy ravishda teatr byudjetining 5 % dan ortmasligi kerak. (2019-yilda davlat teatrga 4.7 mlrd rubl ajratgan.) 2001-yilda Vasiylik Kengashini tuzgan Iksanov tushuntirganidek mana shu ulushdan teatr taklif qilingan yulduzlar va postanovshiklarga gonorar to‘laydi. Vasiylar ulushidan esa teatr postanovka vaqtida paydo bo‘ladigan rejalanmagan harajatlarni to‘laydi. Vasiylik Kengashining badali hisobiga teatrda repetitsiya jarayonini to‘xtatmaslik imkoniyati, tenderga qo‘yishga ketadigan vaqtdan yutishda juda asqotadi.

Teatr esa o‘z homiylariga mutanosib tarzda qaytaradi. Vasiylik Kengashining a’zolarida tarixan shakllangan imtiyozlar bor. Bu haqida rus adabiyotining klassiklari bir necha marta yozishgan. Mariinskiy teatrida masalan buyuk knyazlarning tarixiy lojalarida ayollarning kiyinish xonasiga eltuvchi yashirin eshiklari bo‘lgan. XIX asrdan beri teatr sahnasida unchalik o‘zgarish bo‘lgani yo‘q.

Roman Abramovich Katta teatrning Tarixiy sahnasi qayta rekonstruktsiya qilinganidan keyin tomoshalar zaliga oq marmar yo‘ldan ko‘tarilib borganida nima haqida o‘ylagani ma’lum emas. Ammo direktor Iksanovning so‘zlariga ko‘ra, milliarder teatr jarayoni qanday tashkil qilinganiga, balerinalar ijroni qanday qilib nozik tarzda bajarayotgani bilan qiziqqan. “Roman Arkadevich o‘sha vaqtda sportga yaqinligi tufayli balet san’atkorlarining jismoniy holatiga e’tibor qaratgan. U Iksanovdan “bunday ritm, temp va bosimni qanday qilib ushlab turishganini so‘ragan. Men esa unga parda ortiga yuraylik dedim.” Biz bir chekkadan kuzatishni boshladik: sahnaga balerinalar og‘zini havo bilan to‘ldirib yugurib chiqa boshlashdi. U bunga hayratlanib qarab, “mana buni maksimal kuch berish deyish mumkin” dedi.

2013-yil fevralida Abramovich Katta teatrning Vasiylik Kengashiga kirdi va baletga qiziqa boshladi. Uning sahnadagi sevimli balerinasi Diana Vishneva bo‘ldi. 2013-yil kuzida milliarderning dastagi bilan Vigneva Moskvada ilk Context festivalini o‘tkazdi.

Vishnevaning loyihasi tufayli Moskva va Sankt-Peterburgga ilk raqamli zamonaviy xoreograflar va yosh iqtidorli xoreograflar jalb qilindi.

Balet. Jahon tarixi

Roman Abramovichga zamonaviy syujetli postanovkalar va yosh xoreograflarning tajribalari qiziqarli.

“Abramovichning balet bo‘yicha maslahatchisi bormi-yo‘qmi bilmadim, ammo u mavsumdagi eng muhim spektakllarga tashrif buyurmoqda” – deya hikoya qiladi musiqa teatri sohasida “Oltin niqob” eksperti Forbes Life ga bergan intervyusida. Masalan 2017-yil mayida Permdagi Stravinskiy balet festivali vaqtida Abramovich etib keldi va spektaklni tomosha qildi. Moskvaga Katta teatr Vasiylik Kengashining yig‘ilishiga uchib ketdi. U erdan esa direktor Urin va uning rafiqasi, Chernomurova (maxsus loyihalar bo‘limi boshlig‘i) bilan qaytib keldi va yana teatrga kirdi.

2018-yil sentyabr boshida tadbirkorning moliyaviy ko‘magi bilan Sergey Danilyanning prodyuserlik markazi Ardani Artists Moskvaga Amerikadan “Aysedora”ni olib keldi.

“2017-yil yozida Eyfman truppasi Katta teatrning tarixiy sahnasida raqs tushdi. Uning so‘nggi spektakllaridan biri “Anna Karenina”ni ko‘rgani Roman Abramovich tashrif buyurdi” – deya hikoya qiladi Sergey Danilyan. “U balet fonogramma ostida bo‘layotganidan taajjubga tushdi. Boris Yakovlevich unga orkestrni to‘lashga qurbi etmaganini tushuntirdi. O‘shanda Abramovich Eyfmanga dunyoning istalgan shahrini tanlashni va simfonik orkestr hamroxligida istalgan baletni ko‘rsatishni taklif qildi. Eyfman “Anna Karenina” va Nyu-Yorkni tanladi. Menga telefon qildi va xuddi o‘sha paytda Linkoln markazida bir necha haftadan beri band qilayotgandim. Sanani belgiladik, byudjetni tuzib chiqdik, truppa Amerikaga uchib ketdi. “Anna Karenina”ning Nyu-Yorkdagi gastroli yakunida Roman Arkadevich “menga aynan shu etishmayotgandi” dedi.”

O‘sha paytda Eyfmanning “Anna Karenina”sini Amerikaga uch marta olib borgandik. Menda jamoatchilik borishi bo‘yicha shubhalar bor edi. Axir baletni bunday maydonda bo‘lmasada Nyu-Yorkda ko‘rishgandi. Ammo maydonning obro‘si, jonli orkestr ham o‘z so‘zini aytdi. Biz barcha to‘rt spektakllarga biletlarni sotib bo‘ldik. Katta muvaffaqiyatga erishdik. Peterburgdan dirijer keldi. Spektakl arafasida orkestr bilan repetitsiya o‘tkazdi. “Abramovich ko‘magi bilan Sankt-Peterburg filarmoniyasining Simfonik orkestri hamroxligida Linkoln markazida Boris Eyfmanning “rus Gamleti” bilan teatr gastroli haqida kelishuvga erishdik.

2018-yil oktyabrida musiqa teatrida Andrey Kaydanovskiyning “Pijamali oqshom” baleti premerasi o‘tkazildi. Vena operasi balet truppasi solisti, boshlovchi xoreograf Kaydanovskiyning ishi Roman Abramovichning diqqat-e’tiboriga tushdi. Uzoq o‘ylab o‘tirmasdan uning Moskvadagi musiqiy teatridagi postanovkasi pulini to‘ladi. Teatrning balet kechasi uchun barcha xarajatlari 20 mln rublni tashkil etdi.

O‘sha yili kuzda Abramovich Ekaterinburgda “Ural Opera Balet Fest” balet festivalining ta’sischisi sifatida qatnashdi. Festival xoreografi hotamtoy qahramonimizning e’tiboriga tushganlardan yana biri hisoblanadi.

Dekabrda Stanislavskiy va Nemirovich-Danchenko nomidagi Musiqa teatrining yuz yillik yubileyi arafasida teatrda Vasiylik Kengashi tuzildi va unga Abramovich ham kirdi. Vasiylik Kengashidagi badal yiliga 10 mln evrodan boshlanadi.

Balet jarayoniga bunday aralashib ketish qaror qabul qilishda bir tarafda qolib ketishni qiyinlashtiradi. Garchi Katta teatr Forbes Life savollariga javob berishdan bosh tortdi. Bugun aytishimiz mumkinki, Abramovich rus baletining yangi tarixiga o‘z nomini yozdirdi. Nafaqat xayriya pullari bilan.

2017-yil yozida Katta teatr jahon bo‘ylab yangi balet premerasi – “Nureev”ni tayyorladi. Bu voqea nafaqat teatr uchun balki butun jahon baleti uchun o‘zgacha ahamiyat kasb etdi. Teatr buyurtmasiga asosan Ilya Demutskiy partiturani yozdi, baletmeyster Yuriy Posoxov xoreografiyani tuzdi. Libretto va rejissura uchun Kirill Serebrennikov javob berdi. Premera 10-iyulga belgilandi. Balet afishalarida “Andrey Kostinning shaxsiy pullari evaziga” degan yozuv bor edi. Ammo postanovkani shaxsan boshqa metsenat Roman Abramovich ham qo‘llab-quvvatladi. Abramovichning pullariga teatr Nureevlarning arxiv suratlaridan foydalanish huquqini sotib oldi. Abramovich maxsus Moskvaga spektaklga tayyorgarlik avjiga chiqqan vaqtda 7-iyulda etib keldi. Janjalning ustidan chiqdi. Rudolf Nureevning yalang‘och portretini ko‘rib, teatr rahbariyati bundan g‘azabini yashirmadi va premerani bekor qildi. Bu haqida 8-iyul kuni ertalab matbuot xizmati ma’lum qildi. Uch kundan keyin 10-iyulda matbuot brifingida bosh direktor Vladimir Urin balet tayyor emasligi, postanovshiklarga vaqt etmagani, spektaklni oxirigicha etkazishmaganini aytdi. Ehtimol uni 2018-yil mayida ko‘rsatishi mumkinlini ta’kidlashdi. O‘shanda ilk marta balet taqdiri Abramovichni tashvishlantirayotgani haqida bong urildi.

Bu bilan teatr mavsumni yopdi. Barchasi Katta teatr “Nureev”ni qo‘rqinchli tush sifatida unutishga harakat qilayotganini ko‘rsatdi. 12-sentyabrda yangi mavsumda truppa yig‘inida madaniyat vaziri Medinskiy teatr muvaffaqiyatlarini maqtadi. Bunday pallada Urin agarda Tadqiqot qo‘mitasi 23-avgustdan uy qamog‘iga hukm qilingan rejisser Serebrennikovsiz tayyorlanishga ruxsat bersa “Nureev” baleti ustida qayta ish boshlanishi mumkinligini xabar qildi. “Talab jo‘natildi” – dedi direktor. San’atkorlar jim qolishdi. Abramovichda esa sabr qolmadi. Moskvada Vasiylik Kengashi yig‘ilishida u teatrni tark etishini, o‘z ulushini olib o‘rniga boshqa biznesmen-vasiylarni jalb qilishini aytdi. Agarda Katta teatr “Nureev”ni chiqaradigan bo‘lsa bu fikridan qaytishini bildirdi. Taqvimda balet uchun darrov joy topildi. 22-sentyabrda matbuot xizmati “Nureev” dekabr oyida premerasi bo‘lishi haqida ma’lum qildi.

Tarixiy sahnada 9-dekabrda “Nureev” premerasi bo‘lib o‘tdi. Afishada “Andrey Kostin dastagi bilan” yozuvga “Abramovich dastagi va ko‘magi bilan” degan yozuv ham qo‘shildi. Milliarder Vasiylik Kengashidagi a’zoligini saqlab qoldi.

Bu hikoyaning aytilmagan joylari, shuningdek baletdagi qiziqishlari haqida Abramovich Forbes Life ga aytishni ma’qul ko‘rmadi. Ammo metsenat loyihalari – Sankt-Peterburgdagi Yangi Gollandiya oroli rekonstruktsiyasi, “Garaj” tashkil qilinishi va muzeyning qo‘llab-quvvatlanishi, yahudiylar muzeyi, teatrlardagi vasiylik, Katta va Musiqali teatrlar – paydo bo‘ldi. Tadbirkorning matbuot kotibi Jon Mann Katta teatr va “Zamonaviy”ning xorijdagi gastrollariga kiritilishini qo‘shib qo‘ydi. Fevralda Abramovich va Jukova rassomlar uchun art-qarorgohini ochib berdi.

 

P.S Maqolani tayyorlashda Yana Jilyaevaning  Forbes.ru saytiga bergan maqolasidan foydalanildi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
06/03/2019 20:57
Спортсузнинг энг яхши маколаларидан бири.