
Tebas "Barselona"ni aybdor deb hisoblaydi
La Liga rahbari "Barselona"ga qo‘yilgan ayblovlar haqida gapirdi.
Bugun malum bo‘lishicha, sud RFEF hakamlar texnik qo‘mitasi sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Anrikes Negreiraga "Barselona"dan 7,5 million evro to‘laganini jinoyat deb hisoblagan.
Ta’sir o‘tkazishga urinish faktining o‘zi allaqachon jinoiy javobgarlikka tortiladi. Bu sport korruptsiyasi. Negreiraning "Barsa"dan pul olgani jiddiy qoidabuzarlik. Maqsad hakamlarga ta’sir o‘tkazish bo‘lsa, bu jinoyatdir.
Jinoiy masala hal bo‘lgach, ("Barselona"ga qarshi) sanktsiyalar haqida o‘ylaymiz. Noqonuniy to‘lovlar belgilari borligiga ishonaman. ("Barsa" tomonidan o‘yin natijalariga ta’sir qilish) Ish echim topishga yaqin”, — dedi Xaver Tebas.
Fikrlar