
Telegraph Football: Simeone yozda "Atletiko"dan ketadi!
Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diego Simeone yozda “matraschilar” safini tark etishga yaqin turibdi.
Telegraph Football nashri xabariga ko‘ra, tomonlar allaqachon hamkorlikni to‘xtatishga qaror qilishgan. OAV esa Simeoneni futbolchi sifatida o‘ynagan "Inter"da ish boshlashi mumkinligini taxmin qilmoqda
Eslatib o‘tamiz, argentinalik mutaxassis 2011 yildan buyon “Atletiko”ni boshqarib kelmoqda. Joriy mavsumda “matraschilar” Ispaniya chempionatida uchinchi o‘rinni egallab turishibdi, ammo jamoa Chempionlar ligasida muvaffaqiyatsizlikka uchradi va guruh bosqichida qolib ketdi.
Fikrlar