
Temmi Abraxam jarohat oldi
"Roma" hujumchisi Temmi Abraxam jarohat oldi.
"Goal" nashrining xabari berishicha, angliyalik forvad terma jamoasining navbatdagi o‘yinlarida yordam bera olmaydi. Abraxamdan tashqari yana 3 nafar futbolchi: Ris Jeyms, Trent Aleksandr-Arnold va Aaron Ramsdeyl ham jarohati sababli qaydnomadan chiqarilgan.
Ma’lumot uchun, Angliya terma jamoasi FIFA kunlarida Shveytsariya hamda Kot-d'Ivuarga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushadi.
Fikrlar