Temur Ismoilov bosh sovrin sari yurishni boshladi
Tailanddagi "Fyuchers" turnirida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Temur Ismoilov bosh sovringa da’vogarlik qilmoqda.
Yakkalik bellashuvlarida ikkinchi raqamda saralangan hamyurtimiz birinchi bosqichda hindistonlik Abxinav Sanjiv Shanmugam bilan raqobatlashdi. Bir soatdan oshiqroq davom etgan o‘yin o‘zbekistonlik tennischi ustunligida o‘tdi. Temur 6:2, 6:3 hisobida zafar quchdi.
Ikkinchi davrada T.Ismoilov Janubiy Koreya vakili Jae Xvan Kimga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Fikrlar