Ten Xag bu futbolchini “Manchester Yunayted”dan haydamoqchi

  • 4 iyul, 2022, 16:40
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiy Erik ten Xagning rejalariga kiritilmagan Antoni Marsiyalni sotishga qaror qildi, deb xabar berdi “Manchester Evening News” nashri.

Tecno

Qishda Marsiyal “Manchester Yunayted”ni ijara asosida tark etib, Ispaniya La Ligasi vakili hisoblangan “Sevilya” safiga qo‘shildi. Hujumchi yarim mavsum ichida andalusiyaliklar tarkibida 9 ta o‘yin o‘tkazib, birorta ham gol ura olmadi.

Endi MYuning Marsiyal bilan xayrlashishi ancha qiyin bo‘lmoqda. Hozircha “qizil iblislar”ning moliyaviy talablarini qondirishga rozi bo‘ladigan xaridor yo‘q.

Antoni 2015 yili “Monako”dan 60 million evro evaziga “qizil iblislar” safiga qo‘shilgan edi. “Transfermarkt” portali hozirda frantsiyalik futbolchini 16 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!