Tennis Sten Vavrinkaga tennis o‘ynashni o‘rgatdi

“Australian Open – 2018”ning erkaklar o‘rtasidagi bahslarda shveytsariyalik Sten Vavrinka va amerikalik Tennis Sandgren o‘zaro raqobatlashdi.

Tennis o‘z ismiga mos ravishda tajribali raqibi Stenga qaraganda ajoyib o‘yin ko‘rsatdi va 6:2, 6:1, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi. Shuningdek, ispaniyalik Fernando Verdasko mazkur turnirda germaniyalik Maksimilian Martererga besh setda – 4:6, 6:4, 6:7, 6:3, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Shu tariqa, uchinchi davrada Maksimilian va Tennisga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!