Terma jamoaga saralab olingan sportchilar imtihonsiz Olimpiya zaxiralari kollejiga qabul qilinadi

  • 9 yanvar, 2021, 12:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Bu haqda AOKAdagi brifingda Jismoniy tarbiya va sport vaziri birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov ma’lum qildi:

«Prezidentimiz Murojaatnomada 2025 yilda Toshkentda yoshlar o‘rtasida bo‘ladigan Osiyo chempionatini yuqori saviyada o‘tkazish uchun hozirdan jiddiy tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha topshiriq berdilar.

10-12 yoshga to‘lgan yosh sportchilar uchun endi tizimli musobaqalar yo‘lga qo‘yiladi. Terma jamoaga saralab olingan sportchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri imtihonsiz Olimpiya zaxiralari kollejiga qabul qilinadi. Ular 4 yil davomida — 2025 yilgacha maqsadli ravishda tayyorgarlik ko‘rib borishadi. Bu mamlakatimizda o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida o‘z natijalarini beradi.

2020 yilda tizimdagi sportga ixtisoslashgan ta’lim muassasalari faoliyatini tanqidiy-tahliliy o‘rgandik. Eng katta muammo — murabbiylarning mashg‘ulot jarayonlariga ilmiy, zamonaviy metodologiya asosida yondashmayotgani, yangi sport texnologiyalaridan foydalanmayotgani ekani aniqlandi».

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!