Terma jamoamiz Farg‘onada yig‘in o‘tkazmoqda

CHERY AUTO

Prezidentimizning 2017 yil 9 martdagi “2020 yili Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini munosib tayyorlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda ushbu nufuzli sport musobaqasida yuksak natijalarga erishish maqsadida O‘zbekiston velosport federatsiyasi tomonidan bir qator samarali ishlar olib borilmoqda.

Tecno

Xususan, 2019 yilning 5 iyuldan boshlab 2 nafar murabbiy boshchiligida velosport bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining 14 nafar sportchilari uchun Farg‘ona viloyatida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

O‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, O‘zbekiston milliy terma jamoasini 2020 yili Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga reyting ballarini taqdim etuvchi musobaqalarga jumladan, joriy yilning 19-23 avgust kunlari veloshosse yo‘nalishi bo‘yicha Indoneziyada hamda 30 avgust - 3 sentyabr kunlari veloshosse yo‘nalishi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan xalqaro musobaqalarga yuqori saviyada tayyorlashdir.

O‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari 25 iyulga qadar davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!