Terma jamoani olti yil boshqargan murabbiy xorijda ishlaydigan bo‘ldi
Kabo-Verde milliy jamoasi bilan ishlagan mutaxassis Bubishta rasm an Marokashning «Berhan» klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Marokash jamoasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 56 yoshli mutaxassis Kabo-Verde terma jamoasini tark etib, «Berhan» bilan ikki mavsumga mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Bubishta 2020 yildan beri Kabo-Verde milliy terma jamoasiga boshchilik qilib kelaotgan edi. Undan oldin esa mamlakatning «Batuke», «Akademiku du Mindelu» kabi bir qator klublarida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, Bubishta qo‘l ostidagi Kabo-Verde terma jamoasi 2026 yildgi jahon chempionati saralash bosqichida o‘z guruhida ikkinchi o‘rinni egalab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri pley-off bosqichiga yo‘l olgan edi. 1/16 finalda afrikaliklar qo‘shimcha daqiqalarda Argentinga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lib musobaqani tark etgan.

Fikrlar