
Tezkor: Fayzullaev Jud Bellingem bilan birga jahonning eng zo‘r yosh o‘yinchisi sovriniga da’vogar!
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi – IFFHS 2023 yilning turli nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblikka da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Bu tashkilot 1987 yildan beri butun dunyo bo‘ylab yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlash maqsadida so‘rovnoma tashkil qilib keladi.
Ushbu so‘rovnomalarda 120 mamlakatning IFFHS tashkilotiga a’zo bo‘lgan jurnalistlari va futbol ekspertlari qatnashadi.
IFFHS o‘z talqini bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasida “2023 yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikka da’vogar bo‘lgan 26 nafar o‘yinchi ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Abbosbek Fayzullaev ushbu nufuzli individual sovringa da’vogarlik qiladi.
Umumiy ro‘yxat quyidagicha:
Jud Bellingxem, Angliya, Borussiya Dortmund/Real Madrid
Jamol Musiala, Germaniya, Bavariya Myunxen
Gavi, Ispaniya, Barselona
Florian Virtts , Germaniya, Bayer Leverkuzen
Xavi Simons, Niderlandiya PSV/RB Leyptsig
Evan Fergyuson, Irlandiya Respublikasi, Brayton
Rasmus Xoylund, Daniya, Atalanta/Manchester Yunayted
Lamin Yamal, Ispaniya, Barselona
Uorren Zair-Emeri, Frantsiya, Pari Sen-Jermen
Matis Tel, Frantsiya, Bavariya Myunxen
Alexandro Balde, Ispaniya, Barselona
Romeo Laviya, Belgiya, Sautgempton/ Chelsi
Antoniu Silva, Portugaliya, Benfika
Levi Kolvil, Angliya, Brayton
Benjamin Sheshko, Sloveniya, Rel Bull Zaltsburg/RB Leyptsig
Vitor Roke , Braziliya, Atletiko Paranaense
Alexandro Garnacho, Argentina, Manchester Yunayted
Endrik, Braziliya, Palmeyras
Xulio Ensizo, Paragvay, Brayton
Savio, Braziliya, PSV/Jirona
Rikardo Pepi, AQSh, Groningen/PSV
Usmon Diomand, Fil suyagi qirg‘og‘i, Sporting Lissabon
Karlos Baleba, Kamerun, Lill/Brayton
Ernest Nuama, Gana, Nordshelland/Lion
Karim Konate, Fil suyagi qirg‘og‘i, Lifering/ Red Bull Zaltsburg
Abbosbek Fayzullaev, O‘zbekiston, Paxtakor/TsSKA Moskva
Ko‘rinib turibdiki, bu ro‘yxatdan Jud Bellingem, Jamol Musiala,Gavi, Lamin Yamal, Uorron Zair-Emeri, Alexandro Balde, Evan Fergyuson, Ras us Xoylund kabi Evropaning grand klublarida to‘p tepayotgan yulduz o‘yinchilar ko‘p.
Abbosbek Fayzullaev eng zo‘r yosh futbolchilar ro‘yxatiga kiritilgan yagona osiyolik futbotbolchi hisoblanadi.
20 yoshli futbolchimizning bu reytingdan o‘rin olishi bejiz emas, albatta. Fayzullaev 2023 yil davomida 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ishtirokida Toshkentda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida g‘olib chiqdi va bu turnirning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi.
Bundan tashqari, terma jamoamiz Argentinada tashkil etilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham muvaffaqiyatli qatnashdi va Fayzullaev jamoamizning etakchi o‘yinchisi sifatida o‘z mahoratini namoyish qildi.
Nominatsiya g‘oliblari 2024 yilning 1 yanvar kuni aniqlanadi
Fikrlar