Tezkor! Grem Potter iste’foga chiqarildi

  • 3 aprel, 2023, 00:12
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rasman "Chelsi" bosh murabbiyi Grem Potter qoniqarsiz natijalardan keyin o‘z ishidan ozod qilindi. Klubni vaqtinchalik yordamchi Bruno Saltor boshqaradi. Ushbu xabar London jamoasining rasmiy sahifasida e’lon qilindi. 

"Chelsi" Potterga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi va uning keyingi ishlarida omad tilaydi," - deyiladi bayonotda. 

"Aristokratlar" angliyalik murabbiyni "Brayton"dan tovon puli to‘lab olib kelgan edi. Ammo uning qadami londonliklar uchun foydaga yurmadi. Jamoa ayni dam Premer-ligada 11-o‘rinda bormoqda. 

Mish-mishlarga ko‘ra, Nagelsmann, Enrike va Pochettinolardan biri "Chelsi"ni yangi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!