Tezkor! Katanets qaydnomaga kiritilmagan futbolchini mashg‘ulotlarga chaqirdi

  • 29.08.2024 19:24
  • Jahongir Inomjonov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets Bexruz Jumatovni mashg‘ulotlarga chaqirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasiga jalb qilinganlar orasida klublari ruxsat bergan o‘yinchilar bugundan mashg‘ulotlarni boshlashdi. Srechko Katanets qaydnomaga kiritish maqsadida Bexruz Jumatovni sinab ko‘rish uchun mashg‘ulotlarga chaqirdi va bugun birinchi mashg‘ulotlarini boshladi.

Agarda Jumatovning o‘yini va mashg‘ulotlardagi harakatlari murabbiygga yoqsa qaydnomaga kiritish ehtimoli bor.

Ma’lumot uchun, 18 yoshli markaziy himoyachi "Olimpik" futbolchisi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
29/08/2024 23:57
Лабанов колибри кетди