
Tezkor! Masharipov kichik jarohat sabab "An-Nasr"ning navbatdagi o‘yinida maydonga tushmaydi
Saudiya Arabistoni chempionati 27-turidan o‘rin olgan uchrashuvni "An-Nasr" mehmonda o‘tkazadi. Riyodliklar "Al-Tai" klubiga qarshi maydonga tushadi.
SPORTS.uz sayti muxbiri Jaloliddin Qobiljonovning ma’lum qilishicha, mazkur bellashuvda Jaloliddin Masharipov ishtirok eta olmaydi. Legionerimizda kichik jarohat bor.
Ma’lumot uchun, mazkur o‘yin oldidan "Nasr" 57 ochko bilan turnir jadvalining 2-pog‘onasida bormoqda. 7-o‘rindagi "Al-Tai" 34 ochko jamg‘argan.
Fikrlar