Tezkor! Mbappe Madridga keldi (foto)

  • 09.05.2022 23:04
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kilian Mbappe mavsum so‘ngida "Pari Sen-Jermen"ni tark etishi tobora haqiqatga aylanib bormoqda.

COPE nashrining yozishicha, frantsiyalik futbolchi bugun Madridga keldi. Unga Ispaniya poytaxtida Ashraf Hakimi va uning ukasi hamrohlik qilmoqda. So‘nggi xabarlarga qaraganda, ular birga ovqatlangan.

Hozircha, Kilianning "Real" bilan shartnoma imzolashi borasida yangilik yo‘q. Biroq katta ehtimol bilan bu tez orada amalga oshadi.

23 yoshli futbolchi joriy mavsum PSJ safida 43 o‘yinda maydonga tushib, 35 gol va 23 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

photo_2022-05-09_19-40-07

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!