
Tezkor: Messiga ikki mavsum uchun 1,2 milliard evro maosh taklif qilindi. Leo buni qabul qiladimi?
Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi PSJ bilan shartnomasi yakunlanayotgan Lionel Messini olish fikridan qaytgani yo‘q.
Footmercato nashrining yozishicha, saudiyaliklar Lionel Messiga ikki mavsum uchun 1,2 milliard evro miqdorida maosh taklif qildi.
Avvalroq, arablar har mavsum uchun 400 va keyinchalik 500 million evrodan maosh berishni va’da qilgandi. Biroq, argentinalik yulduz bu chorlovlarga javob qaytarmadi.
Leoning otasi Xorxe Messi saudiyaliklarning taklifini qabul qilishga tayyorligini va faqat o‘g‘lini ko‘ndirish masalasini hal qilish qolganini ta’kidladi.
Messi hali kelajagi borasida yakuniy qarorga kelgani yo‘q. Uning oldida faoliyatini Frantsiya, Angliya, Ispaniya, AQSh va Saudiya Arabistoni chempionatlarida davom ettirish variantlari turibdi.
Fikrlar