Tezkor: Misrning mashhur yulduzi O‘zbekistonga qarshi o‘ynamaydigan bo‘ldi

  • 14.11.2025 17:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

2026 yilgi jahon chempionatiga yo‘llanma olgan O‘zbekiston, Misr, Eron va Kabo-Verde milliy terma jamoalari Birlashgan Arab Amirliklarida tashkil etilgan  Xalqaro Al-Ayn kubogi musobaqasida ishtirok etadi.

Ushbu turnirning birinchi uchrashuvida O‘zbekiston va Misr terma jamoalari o‘zaro kuch sinashishi belgilab qo‘yilgan.

Angliyadagi nufuzli manbalar tarqatayotgan xabarlarga qaraganda, Misr terma jamoasi hujumchisi Umar Marmush shaxsiy sabablarga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan bo‘ladigan o‘yinda qatnashmaydi.

- “Manchester Siti” hujumchisi Umar Marmush Birlashgan Arab Amirliklari mezbonlik qilayotgan xalqaro turnirning birinchi uchrashuvida qatnashmaydi. U terma jamoa rahbariyatidan shaxsiy sabablarga ko‘ra ruxsat oldi.

Yanvarda “Manchester Siti” safiga qo‘shilgan hujumchi hozirga kelib Xosep Gvardiola jamoasi hujum tizimda muhim figuralardan biriga aylanib bormoqda.

Marmush mehnatsevarligi, aniq harakatlari, hujumdagi universalligi bilan muxlislar e’tiborini qozondi. Xususan, misrlik futbol ishqibozlari Umarning terma jamoa safida noyabrdagi o‘yinlarda ham muhim rol o‘ynashini kutgan edi. Omma hujumchi ikki uchrashuvdan birinchisida ishtirok etmaydi. Bunga futbolga bog‘liq bo‘lmagan sabab bor.

Misr terma jamoasi bosh murabbiy Xussam Hassan qo‘l ostida xalqaro maydonda yangi darajaga chiqishga harakat qilyapti. Bosh murabbiy shogirdlarini yangi tsikldagi musobaqalar, xususan, yaqinlashib kelayotgan Afrika Millatlari kubogiga ham tayyorlayapti.

Noyabrdagi ikki uchrashuvdan iborat o‘rtoqlik turniri murabbiylar shtabiga taktik sxemalarini sinovdan o‘tkazish, tarkibni tartibga solish kabi masalalarni ko‘rib chiqadi. Ayniqsa, raqiblarning kuchliligini inobatga olsak, Marmushning o‘qligi boshqa o‘yinchilarga terma jamoa tarkibida o‘zini ko‘rsatish uchun yaxshi imkoniyat bo‘ladi.

Taniqli insayder Ismoil Mahmudning ma’lum qilishicha, Umar Marmush yaqinda unashtirilgani bois, Misr terma jamoasining O‘zbekistonga qarshi uchrashuvida ishtirok eta olmaydi. Shu munosabat bilan Xussam Hassan va uning shtabi 26 yoshli futbolchiga musobaqaning birinchi o‘yinini o‘tkazib yuborishi uchun sharoit yaratib berdi.

Misr terma jamoasi Marmushning “Manchester Siti”dagi jamoadoshi Abduqodir Husanov o‘ynayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan Al-Ayndagi “Xazza bin Zayd” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bu turnirda Eron va Kabo-Verde terma jamoalari ham ishtirok etmoqda.

Birinchi uchrashuvda zafar quchgan terma jamoalar turnir finalida bosh sovrin uchun o‘zaro to‘qnashadi. Mag‘lub jamoalar esa, uchinchi o‘rin uchun o‘ynaydi, - deb yozdi cityxtra.co.uk sayti eksperti Tom Payk.

Mirs va O‘zbekiston terma jamoalari uchrashuvi 14 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

Husanov Muhammad Saloh bilan yangi duelga tayyormi?
Husanovga kim ustozlik qiladi?
O‘zbekistonning shov-shuvli g‘alabasiga qanday munosabat bo‘ldi?
O‘zbekiston Xorvatiyadan o‘toladimi? Imkoniyatlarga baho berildi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!