
Tezkor! "Neftchi" "Navbahor" a’zosini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin
Ayni damda erkin agent bo‘lib turgan "Navbahor" yarim himoyachisi Abror Ismoilovning keyingi manzili barcha uchun qiziq. SPORTS.uz jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev bu haqida o‘z telegram kanalida quyidagicha xabar qoldirdi.
"Ayni damda Abror Ismoilov uchun kurash avjida. Yarim himoyachi uchun "Neftchi" taklif bilan chiqqan.
"Navbahor" xam uni olib qolish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqda. Qo‘shimchasiga, futbolchida xorijdan ham takliflar bor. Barchasi, Abrorning so‘rayotgan maoshiga borib taqalmoqda. Bu summani "Neftchi" to‘llashga tayyor.
"Navbahor" yarimhimoyachini maoshini pasaytirishini so‘ragan. Barchasi, Abrorning so‘nggi qaroriga bog‘liq", - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli futbolchi joriy mavsum Superligada 23 ta o‘yinda qatnashib, ikkita gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar