Tezkor: Otabek Shukurov “Kayserispor”ni tark etdi va xorij klubiga o‘tyapti!

  • 1 sentabr, 2024, 18:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Turk futbolini yoritib kelayotgan bir necha manbalar o‘zbekistonlik legioner Otabek Shukurov “Kayserispor” klubidan ketishga qaror qilgani haqida axborot tarqata boshladi.

Tecno

Xususan, gazeteduvar.com.tr, halktv.com.tr, ntvspor.net kabi bir necha internet portallari yarim himoyachimiz va “Kayserispor” munosabatlari haqida ma’lumot berdi.

- Turkiya Superligasida “Kayserispor” jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgan Otabek Shukurov xorijdagi boshqa klub bilan dastlabki shartnomani imzoladi. Bu klub o‘yinchi transferi uchun badal puli to‘laydigan bo‘ldi. Bu transfer tez orada rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

“Kayserispor” 28 yoshli o‘zbek yarim himoyachisini o‘tgan mavsum o‘rtasida erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olgan edi.

“Sariq-qizillar” klub direktorlar kengashi xatti-harakatlari bilan yangi mavsum oldidan asosiy tarkib o‘yinchilarini jamoada saqlab qolgan edi. Biroq rahbariyat O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinchisi bilan xayrlashishga rozi bo‘ldi.

“Qayserispor”ga “Fotih Karagyumryuk” jamoasidan kelgan o‘zbekistonlik yarim himoyachi xorijga yo‘l oladi. Bu transfer klub g‘aznasiga ma’lum miqdorda mablag‘ keltiradi.

Avvalroq, Otabek Shukurov “Kayserispor” direktorlar kengashiga murojaat qilib, unga muntazam o‘yin amaliyoti beradigan klubga o‘tish istagini bildirgandi. “Kayserispor” tez orada transferni rasman e’lon qiladi, - deb yozdi ntvspor.net sayti.

Otabek Shukurov “Mash’al” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Professional faoliyatini 2015 yilda boshlagan markaziy yarim himoyachi O‘zbekiston Superligasida muborakliklardan tashqari poytaxtning “Bunyodkor” jamoasi sharafini ham himoya qilgan.

2018 yilning yanvarida Otabek Birlashgan Arab Amirliklarining “Sharja” klubiga ko‘chib o‘tdi va ilk bor legioner maqomini oldi. Arab amirliklaridagi to‘rt yillik faoliyatidan keyin mohir futbolchi Evropaga yo‘l oldi.

2022 yilning iyul oyida Turkiya Superligasi vakili “Fotih Karagyumryuk” uni o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Otabek taniqli mutaxassis – Andrea Pirlo qo‘l ostida jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biri sifatida to‘p tepdi. Biroq murabbiy o‘zgarishi hamyurtimizning  o‘yin amaliyotiga ham ta’sir qildi. Shukurov o‘tgan yilning oxirida jamoasi bilan shartnomani bekor qildi va Osiyo kubogidan keyin joriy yil boshida “Kayserispor”ga o‘tgandi.

Yuqoridagi ma’lumotlarga qaraganda, Otabek Shukurov faoliyatini Turkiyadan tashqarida davom ettiradi. Biroq hozircha uning qaysi liganing qaysi jamoasiga o‘tayotgani sir tutilmoqda.

Otabek Shukurov O‘zbekiston, Birlashgan Arab Amirliklari va Turkiya chempionatlaridagi klublar miqyosidagi faoliyati davomida jami 272 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z nomiga 20 ta gol va 14 ta assist yozdirib qo‘ygan.   

Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasining sardorlaridan biri bo‘lgan tajribali futbolchi xalqaro maydonda 69 ta bellashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini etti bor aniq nishonga olgan.

Husanov asosiy tarkibdan chiqariladimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
01/09/2024 19:37
Популация