Tezkor rasmiy xabar: Mbappe shifoxonaga yotqizildi

  • 19 iyun, 19:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning eng zo‘r to‘purariga aylangan Kilian Mbappe AQSh mezbonlik qilayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining birinchi turida “Al-Hilol”ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborgan edi.

Tecno

“Qirollik klubi” rasmiy saytining ma’lum qilishicha, frantsiyalik futbolchi AQShda shifoxonaga yotqizilgan.

-  O‘yinchimiz  Kilian Mbappe o‘tkir gastroenteritdan aziyat chekmoqda. U qator tekshiruvlardan o‘tish va davolanish uchun shifoxonaga yotqizildi, - deyiladi klub bayonotida.

“Real” yangi formatda o‘tkazilayotgan jahon chempionatining ikkinchi turini Meksikaning “Pachuka” klubiga qarshi o‘tkazadi. Bu bahs 22 iyunga qo‘yilgan. Mbappe bu bellashuvda ham qatnasha olmasligi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!