
Tezkor! Ronaldu "Yuventus"dan ketishga yaqin
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimilano Allegri Italiya A Seriyasining 1-turidan o‘rin olgan "Udineze"ga qarshi bahs uchun asosiy tarkibni e’lon qildi. Kutilmaganda, turinliklarning asosiy yulduzi Krishtianu Ronaldu zaxirada qoldirildi.
Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, Ronalduning o‘zi Allegridan uni maydonga tushirmasligini so‘ragan. KriRo transfer oynasi yopilguniga qadar tezroq "keksa senoralar" safini tark etmoqchi.
Avvalroq, hujumchi xizmatiga PSJ, "Manchester Siti" va "Real" klublari qiziqayotganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar