Tezkor xabar! AGMK o‘z safiga 2 nafar braziliyalikni qo‘shib olishga yaqin

  • 4 iyul, 2019, 17:58
  • Bekzod Isayev
  • 8
  • Futbol
CHERY AUTO

7-18 avgust kunlari Tailandda futzal bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda qit’amizning eng kuchli 16 klubi ishtirok etadi. Bangkok shahri mezbonlik qiluvchi musobaqada yurtimiz sharafini Olmaliqning AGMK jamoasi himoya qiladi. Shu bois olmaliqliklar tarkibni kuchaytirishni maqsad qilishgan.

Tecno

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, AGMK jamoasi vakillari ayni paytda 2 nafar braziliyalik futzalchi bilan muzokaralar olib borishmoqda. Agar voqealar rivoji ijobiy hal etilsa, tez kunda Olmaliqda braziliyalik futzalchilar paydo bo‘ladi. Hozircha ularning nomlari ma’lum emas.

Ma’lumot o‘rnida, Osiyo chempionatida AGMK klubi “B” guruhidan o‘rin olgan. Mazkur guruhda olmaliqlik futzalchilar “Tay Son Nam” (Vetnam), “Naft al Vasat” (Iroq) hamda “Al Rayyan” (Qatar) klublariga qarshi bahs olib borishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
04/07/2019 18:03
ҳеч бўлмаса футзалда нимадир қилсин булар
&
UZNUR
05/07/2019 16:14
Odamlarni bunday aldab yangilik qilmang ma'noda. buni futzol deyina
&
Isoqjonov Jo'rabek
04/07/2019 22:18
Adminlar shu xabarni futzal dep qoship ilova qilmapsilarda odamni qiziqtirip ochip o'qishga majbur qilaslar
&
Surxon turon
04/07/2019 21:49
Ха фудзалмиди яхши янгилик тезлашиш керак
&
нодирбек.фк насаф
04/07/2019 21:19
Олмалик кучайибдими дибман? ???
husan sodiqov
04/07/2019 20:05
O‘yin boshlanishiga 1 kun qolganda shartnoma imzolasa kerak
&
SKIPPER
04/07/2019 19:35
ADMIN FUTZAL JAMOASIGA DEB YOZIP QUYING
Низомтой Эргашев
04/07/2019 18:51
Футзал деб ёзиб куйса бумедими????