
Tezkor xabar! Alisher Usmonov yana ingliz klubini xarid qilmoqchi
Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Angliyaning "Charlton" klubini sotib olishi mumkin. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra "Charlton"ning hozirgi xo‘jayini klubni 25 million evroga sotib yuborishga tayyor. Bundan tashqari yangi xo‘jayin jamoaning 75 million evrolik qarzini ham qoplashi kerak.
Ma’lumot uchun, "Charlton" ayni damda Angliyaning 3-divizionida ishtirok etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonov bundan avvalroq Londonning “Arsenal” klubidagi o‘ziga tegishli bo‘lgan 30% aktsiyani 700 million evroga sotib yuborgan edi.
Fikrlar