Tezkor xabar! "Navbahor" Namanganda Frantsiyaning "Lion" klubi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Xabaringiz bor, bugun Namangandagi "Markaziy" o‘yingohda ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosimda viloyat hokimi. viloyat futboli rahbari Hayrulla Bozorov tomoshabinlarni Namangandagi ilk o‘yin bilan tabriklar ekan quyidagi fikrlarni ham bildirib o‘tdi. Bu haqda jarayonni Namangandan yoritib borayotgan SPORTS.uz sayti xodimlari ma’lum qilishdi.
- Barchani viloyatimizdagi ilk uchrashuv bilan tabriklayman. Ushbu stadion qaytadan FIFA talablari asosida ta’mirdan chiqarildi. O‘yingoh yonida jamoa mashg‘ulotlar o‘tkazishi uchun 6200 o‘ringa mo‘ljallangan maydonni ham bugun foydalanishga topshirdik.
Frantsiyaning "Lion" klubi bilan o‘zaro hamkorlik borasida kelishuvga erishildi. Qolaversa, "Lion" klubi bilan Namanganda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkaziladi, - dedi Hayrulla Bozorov.

Fikrlar