
Tezkor xabar! "Qizilqum" futbolchisi 3 mln so‘m jarimaga tortildi
Tartib-intizom Qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zPFL rasmiy sayti xabar bermoqda. Unga ko‘ra quyidagilarga qaror qilindi.
Superliga
“Qo‘qon-1912” – “Qizilqum” uchrashuvida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan “Qizilqum” klubi futbolchisi E. Boydullaev 1ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga 3 million so‘m miqdorida jarima belgilandi.
PRO-Liga
“Mash’al” – “Sho‘rtan” uchrashuvida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan “Mash’al” klubi futbolchisi V. Shodiev 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga yarim million so‘m miqdorida jarima belgilandi.
“Sherdor” – “Lokomotiv-BFK” uchrashuvida o‘yin qoidasini qo‘pol ravishda buzgani uchun maydondan chetlatilgan “Lokomotiv-BFK” jamoasi futbolchisi S. Ismoilov 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga yarim million so‘m miqdorida jarima belgilandi.
“Iftixor” – “Labsa” uchrashuvida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan “Labsa” klubi futbolchisi J. Shodmonov 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga yarim million so‘m miqdorida jarima belgilandi.
“Iftixor” – “Labsa” uchrashuvi vaqtida bosh hakam yordamchisi sha’niga nomaqul so‘zlar ishlatgani uchun chetlatilgan “Labsa” jamoasi bosh direktori Sh. Jo‘raev 2ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga 5 million so‘m miqdorida jarima belgilandi. Agar ushbu holat yana takrorlanadigan bo‘lsa, Sh. Jo‘raevga nisbatan yanada qattiqroq jazo choralari ko‘rilishi belgilab qo‘yildi.
“Iftixor” – “Labsa” uchrashuvi vaqtida hakamlar sha’niga nomaqul so‘zlar ishlatgani uchun chetlatilgan “Labsa” klubi yoshlar jamoasi murabbiyi S. Toshev 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga 5 million so‘m miqdorida jarima belgilandi. Agar ushbu holat yana takrorlanadigan bo‘lsa, S. Toshevga nisbatan yanada qattiqroq jazo choralari ko‘rilishi belgilab qo‘yildi.
Futzal
“Qo‘qon-1912” – “Navbahor” uchrashuvi yakunlangach raqib jamoa darvozabonini nomaqul so‘zlar bilan haqorat qilgan “Navbahor” jamoasi a’zosi I. Jo‘raev 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga 1 million so‘m miqdorida jarima belgilandi.
“Qo‘qon-1912” – “Navbahor” uchrashuvida raqib jamoa o‘yinchisi I. Jo‘raevning yuziga tarsaki tushirgan “Qo‘qon-1912” jamoasi a’zosi A. Ziyaev 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga 1 million so‘m miqdorida jarima belgilandi.
Ayollar futboli
“Paxtakor” – “Buxoro” uchrashuvida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan “Paxtakor” klubi futbolchisi M. Vohidova 2ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.
Fikrlar