The Times: MYu Lukaku uchun "Everton"ga 90 mln funt va unga qo‘shib Runini ham qo‘yib yubormoqchi
“Everton” klubi hujumchisi Romelu Lukaku “Manchester Yunayted”ga o‘tishga juda yaqin turibdi.
The Times nashrining xabar berishicha ushbu transfer mankuanliklarga 90 mln funtga tushishi mumkin. Ta’kidlash kerakki, MYu ushbu summaning 75 millionini darhol, qolgan 15 millionini esa bonus sifatida o‘tkazib beradi.
Bundan tashqari “qizil iblislar” “irischilar”ning sobiq a’zosi Ueyn Runini ham qo‘yib yuborishga tayyor. Eslatib o‘tish lozimki, Runi 1995-2004 yillarda aynan “Everton” sharafini himoya qilgan.
Lukaku ayni damda AQShning Los-Anjelas shahrida bo‘lib turibdi va ayni erda “Manchester Yunayted”da tibbiy ko‘rikdan o‘tishi mumkin.

Fikrlar