
Timur Ma’murjonov “WEF 132”turnirida jang qiladi!
3 mart kuni Qirg‘izistonning Osh viloyati Kara-Suu shahrida MMA kechasi tashkil etiladi. Ya’ni, “WEF 132” turniri bo‘lib o‘tadi. Biz uchun ahamiyatli jihati, ushbu jang kechasida hamyurtimiz Timur Ma’murjonov ham oktagonga ko‘tariladi.
U mezbonlar vakili Muktarbek Ibragim Uulu bilan jang qiladi. Mazkur jang yarim o‘rta vazn (77,1 kg) toifasida o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, Qirg‘izistonlik jangchining rekordi 3-0 bo‘lsa, yurtdoshimizning ko‘rsatkichi 2-2 ko‘rinish olgan.
Fikrlar