"Tinchlaning, gol uraman"! Gvardiola Xolandning omadsizligini esladi
Pep Gvardiola shogirdi Erling Xoland haqida fikr bildirdi.
"Angliya Superkubogidan o‘rin olgan o‘yinni yaxshi eslayman. "Manchester Siti" "Liverpul"ga 1:3 hisobida yutqazgandi. Xoland yuz foizlik vaziyatdan gol ura olmagandi. Men o‘sha paytdagi barcha memlarni va odamlar u haqida sabliy fikrlar bildirganini eslayman.
O‘sha paytda bir-birimizni yaxshi tanimasdik, atigi bir oy birga ishladik. O‘sha payti u menga: "Tinchlaning, gol uraman", dedi.
Xolandning o‘ziga bo‘lgan ishonchi aql bovar qilmas darajada. U o‘zini nima bo‘lishidan qat’i nazar yo‘qotmaydi. Futbolchining darajasi muvaffaqiyatsizlikka bo‘lgan reaktsiyasiga qarab aniqlanadi", - dedi "shaharliklar" ustozi.

Fikrlar