Tojikistonning eng yaxshi himoyachisi "Turon"ga o‘tdi

  • 11.07.2021 16:38
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Igor Shkvirin boshqaruvidagi “Turon” klubi yozgi yig‘inga kirishgan. Shu bilan birga tarkibda o‘zgarishlarga ham qo‘l uryapti.

Tecno

Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, “Turon” klubiga tojikistonlik futbolchi Firdavs Chakalov qo‘shilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, u o‘tgan yili Tojikistonning eng yaxshi himoyachisi deya e’tirof etilgan. Bunga qadar u “Xo‘jand” klubida to‘p surgan va OFK Kubogida ham maydonga tushgan. “Turon” klubi Chakalov bilan shartnoma tuzishga yaqin turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!