Tokio-2020 Olimpiadasi saralashi. Vetnam terma jamoasi kecha tunda poytaxtimizga etib keldi

  • 30 mart, 2019, 13:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
 Mazkur guruhda O‘zbekiston, Vetnam, Iordaniya va Gonkong terma jamoalari joy olishgan.

Kecha tunda Vetnam terma jamoasi musobaqada ishtirok etish uchun yurtimizga etib keldi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
 
Terma jamoa a’zolari "Ramada" mehmonxonasiga joylashishdi. Bugun Vetnam terma jamoasi dastlabki mashg‘ulotni o‘tkazadi. Mashg‘ulot Yakkasaroy tumanidagi "To‘qimachilar" stadionida soat 15:00da boshlanadi.
 
Guruhning qolgan ikki ishtirokchisi Gonkong va Iordaniya terma jamoalari ertaga soat 19:00da poytaxtimizga etib kelishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!