To‘lqinov: "Tojikiston bilan o‘yin ham qiyin bo‘ldi"

  • 30 aprel, 2024, 17:40
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

O‘zbekiston futzal terma jamoasi vakili Elbek To‘lqinov Tailanddagi Osiyo kubogi taassurotlari bilan bo‘lishdi:

"Osiyo kubogi yaxshi tashkil etildi. Eron bilan o‘yinda biroz omadimiz kelmadi. Finalga chiqishga yaqin kelgan edik. Tojikiston bilan o‘yin ham qiyin bo‘ldi. Hozir oson raqilar yo‘q. Yarim finaldan keyin tushkun kayfiyatda edik. Barchamiz finalga chiqishni maqsad qilgandik. Yigitlar xarakter ko‘rsata olishdi. Turnir davomida Jahon chempionati mezbonligi bejizga O‘zbekistonga berilmaganini isbotlashga harakat qildik".

Eslatib o‘tamiz, futzalchilarimiz Osiyo kubogida 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!