
Tomas Bax olimpiada ishtirokchilarining tengligi haqida gapirib o‘tdi
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax olimpiada ishtirokchilarining tengligi haqida gapirib o‘tdi
Bu haqda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) rahbari BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashdagi muhokamada gapirdi.
“Olimpiya shaharchasida sportchilar bir tom ostida tinch-totuv yashashadi. Insonning asosiy huquqi bu - tinchlik huquqidir.
Olimpiya o‘yinlarida esa siyosiy e’tiqodi, diniy qarashlari, jinsiy orientatsiyasi va boshqalardan qat’i nazar, barcha odamlar tengdir”, — dedi Bax o‘z nutqida.
O‘yinlar 26 iyuldan 11 avgustgacha Parijda bo‘lib o‘tadi. Rossiyaliklarga neytral maqomda yakka tartibda ishtirok etishga ruxsat beriladi.
BMTning maxsus ma’ruzachisi: “Rossiya va Belarus sportchilari millatiga ko‘ra kamsitilmasligi kerak. Ularning Olimpiadadagi ishtiroki muhim”.
Fikrlar