Tomas Myuller: "Agar Flik chaqirsa, "Barselona"ga o‘tgan bo‘lar edim"
"Vankuver Uaytkaps" hujumchisi Tomas Myuller o‘zining ehtimoliy "Barselona"ga transferi haqidagi savolga javob berdi.
"Agar meni yaxshi biladigan Xans-Diter Flik menga qo‘ng‘iroq qilganida va "Barselona" loyihasi menga yoqqanida, bunday variantni qabul qilgan bo‘lardim. "Barsa" — oliy darajadagi klub va sendan nima kutilayotganini yaxshi bilasan", — dedi Myuller "Barca Universal" nashriga.
Myuller — "Bavariya" tarbiyalanuvchisi. U deyarli butun faoliyatini myunxenliklar safida o‘tkazgan, ammo o‘tgan yozda erkin agent sifatida jamoani tark etdi. Hozirda 36 yoshli futbolchi MLSning "Vankuver Uaytkaps" jamoasi sharafini himoya qilmoqda.
Fikrlar