Tomas Tuxel Kilian Mbappe bilan bo‘lgan vaziyatga izoh berdi
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Monepele" bilan o‘yinda hujumchi Kilian Mbappe bilan bo‘lgan vaziyatga izoh berib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli frantsuz bahsning 68-daqiqada almashtirilganidan noroziligini jamoa bosh murabbiyiga namoyish etigani haqida xabar berib o‘tgan edik.
"Yaxshi ish bo‘lmadi, ammo biz bunday vaziyatga tushgan yagona klub emasmiz. Bo‘lgan ishlardan g‘azabda emasman, ammo bu bizga kerak emas edi.
Men jamoa murabbiyiman, bu futbol, tennis emas, shunday ekan qarorlarni men chiqaraman. Biz barchani hurmat qilishga majburmiz", - deydi Tuxel

Fikrlar