
Tomas Tuxel "Manchester Siti"dan uchralgan mag‘lubiyat haqida gapirdi
"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel APLning 22-turi doirasidagi "Manchester Siti"dan (1:0) uchralgan mag‘lubiyat haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bir vaziyatda individual harakat tufayli mag‘lub bo‘ldik. Raqibga ko‘plab xavfli vaziyatlar va xavfli paslar yaratishga imkon bermaganimizdan xursandman. Bunday o‘yinda g‘alaba yoki durang bo‘lishi mumkin edi. Ammo hal qiluvchi rol o‘ynagan Kevin De Bryuynening individual xususiyatlari tufayli mag‘lub bo‘lish ham mumkin. Buni ko‘rdik.
Agar biz o‘zimizni yanada yaxshiroq his qilganimizda va aniqroq harakat qilganimizda, ko‘prog‘iga erishgan bo‘lardik. Birinchi bo‘limda raqib jarima maydonida sakkiz yoki to‘qqizta imkoniyatga ega bo‘ldik, ammo udan keyin birorta ham imkoniyat yarata olmadik, bu yomon. Bizning futbolchilar to‘plarni juda erta va juda oson yo‘qotishdi, noto‘g‘ri qarorlar qabul qilishdi va kechikishdi, bu esa yuqori darajadagi o‘yinlarda kechirilmaydi”, - dedi nemis mutaxassis klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Fikrlar