Tanasida "Barsa" qoni oqayotgan futbolchilar

CHERY AUTO

Jahon futbolida o‘z uslubiga ega bo‘lgan jamoalar juda ko‘p. Ular orasida “Barselona“ ajralib turadi.

Tecno

“Barsa” transfer bozorida iloji boricha o‘z o‘yin uslubiga tushadigan futbolchilarni xarid qilishga urinadi. Bu esa yangi futbolchilar jamoaga tez moslashib ketishiga yordam beradi.

Bugun siz bilan “Barselona” o‘yiniga bemalol moslashib keta oladigan, ammo jamoada to‘p surmagan futbolchilar haqida suhbatlashamiz.

David Silva

Futbolchi 6 yil davomida “Barselona”ga yaqin joyda to‘p surdi. “Valensiya”, “Eybar” va “Selta”da to‘p surgan David 2010 yil Angliyaga yo‘l oldi. O‘yinni o‘qiy olishi, to‘pni mahorat bilan uzatishi orqali David Silva boshqa yarim himoyachilardan ajralib turadi. Angliyada u to‘p uzatish bo‘yicha eng yuqori natijalarni qayd etdi. Silva yozda Manchesterni tark etadi. Lekin afsuski, “Barselona“ga kelmaydi. 34 yoshli futbolchi endi shiddatkor futbol namoyish eta olmaydi. Shunday ekan, balki MLSga yo‘l olishi mumkin.

Xabi Alonso

Xabi

Xabi Alonso – 80 yillarda “Barselona“ tarkibida to‘p surgan Periko Alonsoning farzandi. Xabi Ispaniyaning “Real Sosedad” jamoasida to‘p surdi va 23 yoshida “Liverpul”ga o‘tib ketdi. 5 yildan so‘ng Ispaniyaga qaytdi. “Barselona”ga emas, uning azaliy raqibi “Real Madrid” safiga kelib qo‘shildi. Madridliklar futbolchi uchun 34,5 mln evro to‘ladi. Ammo Xabi Alonsoning o‘yin uslubi “ko‘k-anorranglilar” uslubiga mos tushardi. O‘sha paytda tayanch yarim himoyada “Barsa” tarkibida Serxio Buskets porlab chiqayotgandi. Alonso asosiy tarkibdan o‘rin olishi qiyin masala bo‘lardi. Pep Gvardiola baribir Xabi Alonso bilan 2014 yildan 2016 yilga qadar “Bavariya” safida ustoz-shogird sifatida birga ishlashdi.

Mikel Arteta

“La Masiya” tarbiyalanuvchisi hisoblangan Mikel Arteta asosiy jamoada biror marotaba ham maydonga tushmadi. 2002 yilda kataloniyaliklar futbolchini Britaniyaga qo‘yib yubordi. Artetani “Reynjers” o‘z safiga qo‘shib oldi. Undan so‘ng “Real Sosedad” va “Everton” jamoalarida to‘p surgan Mikel, keyinchalik “Arsenal” safida etakchilardan biriga aylandi. Arsen Venger futbolchining mahoratiga yuksak baho bergandi. U “Barselona” tarkibiga ham qo‘shilib, bemalol o‘yin uslubiga moslashib keta olardi. Har holda “Barsa” tarbiyalanuvchisi. Afsuski, unga Kataloniya jamoasida to‘p surish nasib etmadi.

Andrea Pirlo

Pirlo

“Arxitektor”ning deyarli butun faoliyati Italiyada o‘tdi. Judayam aqlli va texnik jihatdan yuqori darajaga ega bo‘lgan futbolchi maydonda doimo boshqalardan ajralib turardi. “Inter”, “Milan” va “Yuventus”da to‘p surgan futbolchi “Barselona”ga ham moslashib keta olarmidi? Bunga shak-shubha yo‘q. Ishonamizki, Pirlo-Xavi-Inesta triosi futbol tarixidagi eng kuchli yarim himoya uchligiga aylanishi ham mumkin edi.

Luka Modrich

Xorvatiyalik muxlislar ta’biri bilan aytganda “Brilliant Luka” 2008 yilda Angliyaga keladi. “Tottenxem” safida 4 yilini o‘tkazgan Modrich, “shporlar”ga “ikkinchi darajali jamoa” kompleksidan qutulishga yordam berdi. 2012 yilda esa “Real Madrid” futbolchini 35 mln evroga sotib oladi.  Shundan beri Modrich to‘rt marta Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylandi, Xorvatiya bilan birga 2018 yilgi mundialda finalgacha bordi. Aynan Luka Messi va Ronaldu erasini tugatib, 2018 yilda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan edi. U “Barselona”ga mos edimi? Shubhasiz, Modrich “ko‘k-anorranglilar” safida o‘z o‘rniga ega bo‘lardi. Bekorga uni “Bolqoniyalik Kroyf” deb atashmagan.

Toni Kross

Germaniyalik yarim himoyachi Pep Gvardiola qo‘l ostida to‘p surishga muvaffaq bo‘ldi. “Bavariya”dalik vaqtida Toni Gvardiola haqida o‘z taassurotlari bilan bo‘lishgandi: “Pep nemis futboli va shaxsan men uchun asosiy figuraga aylandi. U hammaning ko‘zini ochdi, fokusni nimaga qaratish kerakligini anglatdi. Uning taktikalarida yarim himoya chizig‘i asosiy o‘rin egallaydi.” Afsuski, “Barselona” o‘yin uslubiga mos keluvchi Toni Kross Kataloniyani emas, Madridni tanladi.

Kevin De Bryuyne

Faoliyatini ilk yillarida De Bryuyneni nafaqat “Barselona”,balki o‘rtamiyona jamoalar darajasiga ham mos kelmaydigan futbolchi deb hisoblashardi.  Ammo u o‘zining mehnatsevarligi va ortga qaytmasligi bilan bu fikrlar xato ekanligini isbotladi. Hozirda esa Kevin “Manchester Siti”ning almashtirib bo‘lmas futbolchisiga aylangan. Xavi va Inestadan so‘ng, ularning o‘rnini aynan Kevin De Bryuyne bosishi mumkin edi. Ammo “Barselona”  bu futbolchini sotib olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!