Tomoshabinlar tashrifi hattoki 200 ga etmaydi yoxud Superligada muxlislarning oqimi haqida

  • 21 may, 12:52
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligada o‘yinlar qizigan pallasida. 10-turni ham o‘tkazdik va oldimizda 11-tur bellashuvlari kutmoqda. Muxlislarning sevimli jamoalari qayd etayotgan natijalar esa har doim ham xursand qiladigan emas. Futbolda albatta kimdir yutadi, kimdir yutqazadi. Muxlis esa har qanday holatda ham jamoasiga dalda bo‘ladi va qo‘llab-quvvatlaydi.

Tecno

Ayni paytda “Andijon” eng ko‘p muxlis yig‘ish bo‘yicha peshqadam bo‘lib turibdi. Har bir turda ishqibozlarning tashrifi borasidagi ko‘rsatkichlar ko‘pchilikning e’tiborida bo‘ladi. Ortda qolgan 10-turda ham muxlislik bo‘yicha statistik raqamlar turlicha.

Bu turda eng oz ishqiboz “Xorazm” – “Mash’al” bahsida kuzatildi. 3:0 hisobida urganchliklarning g‘alabasi bilan yakun topgan bellashuvga bor yo‘g‘i 179 nafar muxlis yig‘ildi. Bunga sabab shuki, “Xorazm” rekonstruktsiya sababli o‘z maydonidan foydalana olmayapti. Shuning uchun nominal mezbon sifatida hozirga qadar “Do‘stlik”, OKMK, “Bunyodkor” va “So‘g‘diyona” stadionlaridan foydalanib kelmoqda. Aynan Jizzaxdagi bahsda ular “Mash’al”ni yirik hisobda engishdi. “Xorazm”ning o‘yini esa jizzaxlik muxlislarga qiziq emas. Ularni o‘z suyuklilari bor. Balki shu sababli ham “Xorazm”ning nominal mezbon sifatidagi uchrashuvlarida tomoshabinlar tashrifi nari borsa maksimum 700-800 nafar muxlisni tashkil etyapti. 10-turda esa “Xorazm”ning nominal mezbon sifatidagi o‘yiniga eng kam ishqiboz to‘plandi va bu hatto 200 taga ham etmadi.

Eng ko‘p muxlis turning markaziy uchrashuvi hisoblangan OKMK – “Neftchi” o‘yinida to‘plandi. 8315 nafar ishqiboz ushbu bahsni bevosita stadionda tomosha qildi. Aytish mumkinki, Olmaliqdagi arenaga kelgan muxlislar futboldan zavq olishdi. Qolaversa, Farg‘onadan ham muxlislarning kelgani stadionda umumiy tashrif raqamining oshishiga sabab bo‘ldi. Shuningdek, andijonlik fanatlar ham olis G‘uzorga borib sevimli jamoasini qo‘llab-quvvatlab keldilar.

E’tibor bergan bo‘lsangiz, agar vodiy klublari o‘z uyida o‘ynaganida tomoshabinlar soni yanada ko‘paygan bo‘lishi muqarrar edi. To‘g‘ri, qo‘qonliklar bu turni o‘z maydonida o‘tkazishdi. Lekin hali u erda tomoshabinlar tashrifi borasida tan olish kerak, “Andijon”, “Neftchi” va “Navbahor”ning fanatlari bilan tenglashishi qiyinroq. Biroq Qo‘qonda ham ishqibozlarning oqimi ko‘paymoqda va “Qo‘qon-1912”ning uyida “Nasaf” bilan o‘yinini 4150 nafar muxlis kuzatib borgan. Umumiy hisobda 10-turdagi 8 ta uchrashuvda stadionlarga jami 31186 nafar ishqiboz kelgan.

“Surxon” – “So‘g‘diyona” – 2:1. 2814 tomoshabin.

“Buxoro” – “Dinamo” – 2:2. 2110 tomoshabin.

“Qo‘qon-1912” – “Nasaf” – 0:2. 4150 tomoshabin.

“Sho‘rtan” – “Andijon” – 1:0. 4186 tomoshabin.

“Bunyodkor” – “Navbahor” – 2:3. 1899 tomoshabin.

“Xorazm” – “Mash’al” – 3:0. 179 tomoshabin.

“Qizilqum” – “Paxtakor” – 0:3. 7533 tomoshabin.

OKMK – “Neftchi” – 2:2. 8315 tomoshabin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
21/05/2025 13:29
Халол хакамлик ва тоза уйин булса тушадида уйинга.Куряпмиз хакамларни водий жамоаларини чопишларини.Энг кизиги,хакамлар номаълум муддатга четлатилди.Хе уша чикарган карорларинга отни култиги.