
Tonali 8-raqamni so‘rab Gattuzoga qo‘ng‘iroq qildi
Bugun “Milan” bilan shartnoma imzolagan Sandro Tonali “rossonerilar” safida 8-raqamni tanlash uchun ushbu raqamda to‘p surgan afsonaviy futbolchi Jennaro Gattuzoga qo‘ng‘iroq qilgan.
“Men 8-raqamni tanladim, chunki bu raqam “Milan” yarim himoyachilari uchun o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Avval, bu raqamda jamoa tarixiga kirgan Jennaro Gattuzo o‘ynagan. Shu bois, men unga qo‘ng‘iroq qildim, u esa, bu borada undan ruxsat so‘rashimga hojat ham yo‘qligini aytdi”, - dedi Tonali.
Fikrlar