Topuriya: "Men hammangizga adashganingizni isbotlayman"

  • 12.02.2024 10:22
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

UFC ning yarim engil vazn(65,8 kg) toifasidagi jangchisi Ilya Topuriya(14-0) amaldagi chempioni avstraliyalik Aleksandr Volkanovski(25-3)ni mag‘lub etishiga yana bir bor ishonch bildirdi.

"Men bu jangda g‘alaba qozonaman, bu aniq. Bu mening taqdirim. Men jangchi bo‘lib tug‘ilganman, UFC chempioni bo‘laman. Men o‘z darajamni, raqiblarimni qanday tahlil qilishni bilaman. Men hammangizga adashganingizni isbotlayman", – dedi Topuriya MMA Hour shousida.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jangchilarning uchrashuvi 17 fevral kuni AQSh ning Anaxaym shahrida o‘tkaziladigan "UFC 298" turnirining asosiy bahsi bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!