To‘rabek Xabibullaev ham, Jahongir Zokirov ham raqiblarini ayab o‘tirmadi!

  • 13.09.2025 01:29
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Angliyaning Liverpul shahri boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionatiga mezbonlik qilyapti.

-90 kg da vakilimiz To‘rabek Xabibullaev ispaniyalik Enmanuel Rees Plani 4:1 hisobida engib, finalga yo‘l oldi.

+90 kg da yana bir yurtdoshimiz Jahongir Zokirov Xitoy vakili Danabieke Bayikevuziga qarshi ringga ko‘tarilib, ikki bor raqibni nokdaun holatiga tushirdi va yakunda hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi. Shu tariqa, Zokirov ham final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!